10 Iyun 2023 yil 483

Bir necha firibgarliklarda ayblanayotgan navoiylik “shovvoz” yana bir jinoyat ustida qo‘lga olindi

Navoiy viloyati Xatirchi tumani “Nayman” mahallasida yashovchi 1995-yilda tug‘ilgan F.D. muqaddam bir necha marotaba firibgarlik jinoyatlarini sodir qilib ayblangan, ammo hali sudlanmasdan turib yana qasddan jinoyat sodir qilish yo‘liga o‘tib, aldash va o‘ziga bo‘lgan ishonchni suiisteʼmol qilish yo‘li bilan o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida o‘qishga qabul qilishga hech qanday vakolati bo‘lmagan holda sodda bir fuqaro H.A. ning o‘g‘lini Rossiya Federatsiyasidagi oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilib, undan pul ko‘chirish yo‘li bilan 4.000.000 so‘mni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritishga erishib, olgan pullarini o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborib takroran firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB tomonidan fuqaro F.D. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech