Bir necha kishini chuv tushirgan firibgar qo‘lga olindi
2021 yil 2 apreldan 2021 yil 15 iyul kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Buxoro shahar Buxoroshoh ko‘chasida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan O.G. tanishi 2000 yilda tug‘ilgan A.K. nomiga “Agrobank” AJ tomonidan rasmiylashtirilgan plastik kartasining maʼlumotlarini qo‘lga kiritib, o‘zining raqamiga ochilgan “Click” ilovasiga mazkur plastik kartani ulab, 10.213.000 so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan yechib olgan.
Bundan tashqari, 2022 yil 19 dekabrdan 24 dekabrga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida 1999 yilda tug‘ilgan A.O‘. ni aldab, qarzga deya 26 mln. dan ortiq pullarini 2023 yilning 25 yanvar kuniga qaytarib berishni vaʼda qilgan holda olib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborib firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK. ning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.