Bir nechta fuqarolarning pullarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
2022 yil aprel oyidan dekabr oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Jondor tumani "Ushot" mahallasida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan R.J. tumanning “Mustaqillik” mahallasida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan R.R. ismli ayolga davlat tomonidan ajratiladigan uy olib berishni vaʼda qilib 4000 AQSH dollari, R.R. ning qaynonasiga nafaqa tayinlashga yordam berishni vaʼda qilib 2,5 mln so‘m, D.R. ismli ayolga tuman markazidan uy olib berishni vaʼda qilib 1.000 AQSH dollari va 2,5 mln so‘m, E.R. ismli fuqaroga nafaqa tayinlash uchun 2 mln so‘m va yer olib berish uchun 400 AQSH dollarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.