1 Iyul 2023 yil 813

Bir yil oldingi “poraxo‘rlik” jinoyati fosh etildi

Viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Romitan tumani “Samosiy” mahallasida yashovchi 1985-yilda tug‘ilgan fuqaro T.G. Vobkent tumani “Rozmoz” mahallasida yashovchi 1988-yilda tug‘ilgan V.A. ismli shaxs bilan oldindan o‘zaro til biriktirib, Shofirkon tumani “Pattaxon” mahallasida yashovchi boshqa bir fuqaro R.S. ni aldab, ishonchini suiisteʼmol qilib, vakolatli tanishlari orqali uni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga qarashli 17-son PMS korxonasiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 1300 AQSH dollari miqdorida pora berishga dalolat qilib, 2022-yil avgust oyi boshlarida undan 6 mln. 500 ming so‘m va 700 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olib, o‘zlarining shaxsiy manfaatlariga sarflab yuborganliklari aniqlangan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida o‘tkazilgan tezkor tadbirda B.A. ismli shaxs muqaddam olgan pulidan 1 mln so‘mini o‘zining yashash uyi oldida fuqaro R.S. ga qaytarib berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar V.A. hamda T.G. larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech