Birovning plastik kartasidan pullarni o‘margan uchar qo‘lga tushdi
2023-yilning 13-iyun kuni nomaʼlum shaxs qonunga xilof ravishda axborot tizimi orqali o‘zganing mol mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Qorako‘l tumani “Mallaishayx” mahallasida yashovchi 1967-yilda tug‘ilgan fuqaroning nomiga rasmiylashtirilgan plastik kartaga, tanishi foydalanib kelayotgan telefondan SMS xabarni ulab, “Chakana-UZ” dasturi orqali onlayn ravishda uning xabardorligisiz, 22.857.800 kredit pullarini rasmiylashtirib olib, mazkur pullarni maishiy texnika vositalari sotib olish uchun “Imranbek Xiva” MCHJ hisob raqamiga o‘tkazib, hech qanday maishiy texnikalari sotib olmasdan, pullarni naqdlashtirib olib o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Qorako‘l tumani IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Qorako‘l tumani “Mallaishayx” mahallasida yashovchi 1996-yilda tug‘ilgan F.O. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlangan.
Hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi sodir etilib fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.