Birovning sir saqlanishi lozim bo‘lgan maʼlumotlarini ijtimoiy tarmoqlarda oshkor qilish bilan qo‘rqitib pul talab qilgan tovlamachi ushlandi
Buxoro shahrining Shergiron mahallasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan M.M. bir tanishidan sir saqlanishi lozim bo‘lgan maʼlumotlarni, kiyimsiz holatdagi fotosurat va videotasvirlarini yaqin qarindoshlari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bilan qo‘rqitib, sharmanda qilishini aytib, mazkur fotosurat va videotasvirlarni tarqatmaslik sharti evaziga 3.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni talab qiladi.
2024 yil 4 aprel kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida M.M. talab qilingan pullardan 2.000 AQSH dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan birga qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.