8 Aprel 2023 yil 479

Birovning uyidan pullarni o‘g‘irlagan "Kasb-hunar maktabi" o‘quvchisi ushlandi

2023 yil 11 mart kuni nomaʼlum shaxs soat 19:00 dan 23:00ga qadar bo‘lgan vaqt mobaynida Jondor tumani "Qozoqon" mahallasida yashovchi fuqaroning yashash uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasidagi temir seyfni kalit tanlash yo‘li bilan ochib, seyf ichida bo‘lgan 27.600.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni, shu mahallada yashovchi, 2006 yilda tug‘ilgan tumandagi "Kasb-hunar maktabi" 2-bosqich talabasi M.F. sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda ushbu shaxsning viloyatimiz hududlarida sodir etilgan boshqa shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan dastlabki tergov hamda tezkor surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech