Birovning uyidan yashirin ravishda pullarni o‘margan ayol fosh etildi
Gap shundaki, o‘tgan 2022 yilning 12 deyeabr kuni taxminan soat 20:00 lar atrofida nomaʼlum shaxs qasddan jinoyat sodir qilish yo‘liga o‘tib, o‘zgalar mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Buxoro shahar Ko‘ksaroy mahallasida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan R.S. ismli ayolning yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasidagi o‘rin kravati ko‘rpalari orasida saqlanayotgan 6 mln naqd pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida oradan besh oy vaqt o‘tgan bo‘lsada, ushbu jinoyatni Andijon viloyati Shaxrixon tumanida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan I.M. ismli ayol sodir qilganligi aniqlangan.
Hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.