6 Mart 2023 yil 472

Birovning uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘g‘irlik qilmoqchi bo‘lgan shaxs fosh etildi

Buxoro shahar IIO FMB tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, 2023 yilning 14 fevral kuni taxminan soat 23:00 larda nomaʼlum shaxs o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Buxoro shahar Gulchorbog‘ mahallasidagi o‘zga bir fuqaroning uyiga hech kim yo‘q degan faraz bilan kalit tanlash yo‘li orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, uxlab yotgan uy egalari uyg‘onib qolishi natijasida o‘z hatti-harakatlarini oxiriga yetkaza olmay, hodisa joyidan nomaʼlum tomonga yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 25/169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro shahrining So‘zangaron ko‘chasida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan U.O. sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech