17 Iyul 2023 yil 582

Birovning uyiga o‘g‘irlikka kirgan shaxs quruq qo‘l bilan qaytdi

2023 yil 30 maydan 31 may kuniga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs Kogon tumani Geofizika mahallasida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash uyida hech kim yo‘qligidan foydalanib, darvozaga ilingan osma qulfni buzib ochish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, xonalardan moddiy boyliklar qidirish uchun barcha jihozlarni titkilab, pul, qimmatbaho buyumlar yoki shunga o‘xshash moddiy boyliklar topa olmaganligi, shuningdek, uning xonadonda bo‘lganligini qo‘shnilar ko‘rib qolganligi sababli jinoyatini o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatda oxiriga yetkaza olmasdan, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 25/169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Toshkent viloyati Chirchiq tumanida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan N.U. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech