Birovning uyiga o‘g‘rilikka kirgan shaxs ushlandi
Shofirkon tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, 2023 yilning 12 fevral kuni nomaʼlum shaxs o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Shofirkon tumani “Qayrag‘och”mahallasida joylashgan fuqaro N.B.ning yashash uyiga hech kim yo‘qligidan foydalangan holda g‘ayriqonuniy ravishda kirib, xonadonda bo‘lgan bahosi 2.000.000 so‘mlik kir yuvish mashinasi va 500.000 so‘mlik ovqat isitish pechini yashirin ravishda talon-toroj qilib, o‘g‘irlik jinoyatini sodir etgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni shu tumanda istiqomat qiluvchi X.N. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlangan.
Hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.