Birovning uyini o‘marib ketgan shaxs ushlandi
2023-yilning 11-may kuni soat taxminan 20:00 larda nomaʼlum shaxs, Buxoro shahar H.Sheroziy ko‘chasida yashovchi, 1972-yilda tug‘ilgan A.N. ismli fuqaroning (ayol) xonadoniga, kirish darvozasi qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochib kirib, yashash uyi mehmonxonasidagi sandiq ichida bo‘lgan 400 AQSH dollari va 1 mln. so‘m miqdoridagi pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro shahar Otbozor mahallasida yashovchi, 1977-yilda tug‘ilgan N.U. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlangan.
Hozirgi kunda ushbu shaxsning xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.