Boshqarma boshlig‘i Xavfsiz hudud» maxsus tezkor profilaktik tadbiri davomida olib borilayotgan ishlar, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi
Maʼlumki, bugungi kunda “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash to‘g‘risida”gi 10-son qo‘shma Qarordan kelib chiqqan holda “fuqarobay” ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, bugun, 9 sentyabr kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov boshchiligidagi masʼullar ishtirokida «Xavfsiz hudud» maxsus tezkor profilaktik tadbiri davomida olib borilayotgan ishlar, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
yig‘ilishda mahallalarni jinoyatdan holi va xavfsiz hududga aylantirish hamda aholi muammolarini manzilli bartaraf etish borasida hududlarda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida mahallalarda faoliyat olib boruvchi “beshlik” imkoniyatlaridan keng foydalanish to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Shuningdek, kompleks yondashuv asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, kriminogen vaziyati og‘ir mahallalar jinoyatchilik holati hamda hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasidagi o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda maxsus kontingent bilan ishlashga doir masalalar bo‘yicha to‘xtalib o‘tildi.