12 Sentyabr 2023 yil 651

Boshqarma boshlig‘i xususiy oliy taʼlim muassasalari faoliyati bilan tanishdi

Buxoro viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Mirjamol Miralimov Buxoro tabiiy resurslari TIQXMMI MTU, Osiyo Xalqaro universiteti hamda Turon Zarmed universitetlariga tashrif buyurib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, talabalarga yaratilgan sharoitlar, ichki-tartib va xavfsizlik choralari ko‘rilganlik holati bilan yaqindan tanishdi.

Boshqarma boshlig‘i o‘z so‘zida bugun mamlakatimizda davlatimiz rahbari boshchiligida yoshlarlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar xususida to‘xtalib, ular o‘rtasida jinoyat va huquqbuzar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik zarurligini alohida taʼkidladi.

Taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan har bir talaba darsdan keyin bo‘sh vaqtida nima bilan shug‘ullanyapti, talaba-yoshlarning maʼnaviy olamini yuksaltirish, ularda yuksak anʼanalarga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, jinoyatchilikka qarshi barqaror muhit shakllantirish, adolatli taʼlim tamoyillarini joriy qilish masalalari yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Text to speech