10 Oktyabr 2023 yil 3049

Boshqarma boshlig‘i obod maskanga aylanayotgan "Quyi Chuqurak" mahallasida bo‘ldi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimovga biriktirilgan viloyat 3-sektor hududiga kiruvchi Shofirkon tumanining "Quyi Chuqurak" mahallasi “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi doirasida obod bo‘lmoqda.

Bugun, 10 oktyabr kuni "Quyi Chuqurak" mahallasida bo‘lgan viloyat 3-sektor rahbari yo‘l, kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma holatini, elektr taʼminoti, ichimlik suvi bilan taʼminlash, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi darajasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Mahalladagi ko‘cha va xonadonlarni obod qilish, aholi uchun qulay dam olish maskanlarini yaratish, bolajonlar uchun o‘yingohlarning tashkil etilishi jarayonlari bilan ham tanishildi.

O‘rganishlar davomida, boshqarma boshlig‘i hududda joylashgan 33-umumtaʼlim maktabining sport maydonchasida yugurish yo‘laklarini tashkil etish, yoshlarning maʼnaviy va madaniy hordiq olishlarini taʼminlash maqsadida tashkil etilayotgan yangi loyiha yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.

Text to speech