Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari G‘ijduvon tumanida xavfsizlikni taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan yo‘riqnoma o‘tkazildi
Bugun, 12-may kuni viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik Jonibek Boltayev tomonidan G‘ijduvon tumani IIB 3-son IIBda xavfsizlikni taʼminlash va jamoat tartibini saqlash maqsadida xizmatga jalb qilingan huquq-tartibot organlari xodimlari hamda tegishli tashkilotlar masʼul vakillari ishtirokida navbatdagi yo‘riqnoma o‘tkazildi.
Bunda, fuqarolar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jamoat va yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan zaruriy topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, qo‘shma qaror ijrosi yuzasidan profilaktik, Probatsiya hisobda turgan, spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan, fuqarolarning bilan profilaktik suhbatlar olib borish, taʼlim muassasalarida turli illatlarning salbiy oqibatlarini tushuntirishga qaratilgan muloqotlarni tashkil etishga doir toshiriqlar berilib, ularning ijrosi yuzasidan tuman hududi bo‘ylab keng qamrovli profilaktik tadbirlar boshlab yuborildi.
Tumanning kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarda kuzatuv kameralarini o‘rnati, integratsiya qilish ishlariga alohida ahamiyat qaratildi.