5 May 2023 yil
386
Boshqa oliy taʼlim muassasasiga o‘qishini ko‘chirib berish evaziga 4.000 AQSH dollarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxs fosh etildi.
Buxoro shahar "M.Ulug‘bek" mahallasida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan K.M. o‘zini Buxoro Tibbiyot instituti xodimi sifatida tanishtirib, bir fuqaroning o‘qishini Buxoro Davlat universitetidan Buxoro tibbiyot institutiga ko‘chirib berish evaziga 2022 yil may oyidan avgust oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida aldov yo‘li билан 4.000 AQSH dollarini olishga erishib, o‘qishini ko‘chirib bermasdan, pullarni ham qaytarib bermasdan, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.