Boshqarma boshlig‘i Kogon shahar IIBda muhokama yig‘ilishini o‘tkazdi
Bugun, 13-iyun kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov tomonidan Kogon shahar IIBda navbatdagi muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Bunda, hududiy bo‘lim boshlig‘i hamda tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari va mas'ullar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda joriy yilning 5 oyi davomida hududning barcha mahallarida jinoyat va huquqbuzarlik holatlarini oldini olish borasida amalga oshirilgan tezkor hamda profilaktik tadbirlarning natijadorligi hamda “Jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha zarbdor oylik" hamda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash to‘g‘risida”gi 10-sonli qo‘shma Qaror bo‘yicha mahallalarda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan manzilli ishlar, keng qamrovli tezkor hamda profilaktik tadbirlarni jadallashtirish hamda hududiy ichki ishlar organlarida xizmat va ijrochilik intizomini mustahkamlash masalalari tanqidiy ko‘rib chiqildi.
Jarayonda, shaxsiy tarkib o‘rtasida ijro va xizmat intizomini mustahkamlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Muhokama yig‘ilishida har bir masala yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglanib, belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash, sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga doir topshiriqlar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
Yakunda berilgan har bir topshiriq va ko‘rsatma bo‘yicha olib boriladigan chora-tadbirlarda rahbar xodimlardan shaxsiy namuna ko‘rsatish talab qilindi.
Bu kabi muhokama yig‘ilishlari viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom ettiriladi.