Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari olis G‘ijduvon tumanida “ahvoli og‘ir” toifasiga kiritilgan yoshlar muammolarini yaqindan o‘rgandi
Davlatimiz rahbari taʼbiri bilan aytganda, yoshlar bilan ishlash barcha rahbarlar, jumladan, keng jamoatchilik va butun jamiyatimizning eng ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
Shu o‘rinda, Prezident tashabbusi bilan “Yoshlar sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida parlament vakillari, mahalliy Kengashlar deputatlari, siyosiy partiyalar, ziyolilar, sektor rahbarlari, nuroniylar, mahalla faollari ham yoshlar tarbiyasi, ularning muammolarini hal qilish yo‘lida qattiq bel bog‘lab, astoydil shug‘ullanishi belgilab berilgan.
Mazkur topshiriqlar ijrosi yuzasidan viloyat 3-sektor hududiga kiruvchi G‘ijduvon tumanidagi Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — JXX boshlig‘i podpolkovnik Jonibek Boltayev ishtirokida mahallalar kesimida qator uchrashuvlar tashkil etilib, har bir yoshning xonadoniga borilgan holda ular bilan suhbat qurilib, yashash sharoiti, mavjud muammo va takliflari yaqindan o‘rganilmoqda.
Bunda, yoshlar tomonidan imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishi, kontrakt to‘lovi, tibbiy davolanish kabi ijtimoiy muammolar bo‘yicha murojaatlar bildirildi.
Asosiy eʼtibor murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olingan murojaatlar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.