Boshqarma boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev huzurida ZOOM platformasi orqali tezkor yig‘ilish o‘tkazildi
Bugun, joriy yilning 6 dekabr kuni Buxoro viloyati 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik
Shuxrat Aliyev huzurida tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.
Ichki ishlar boshqarmasi va shahar-tumanlar ichki ishlar organlarining rahbar va masʼul xodimlari ishtirok etgan yig‘ilishda bir qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
Jumladan:
- hududlarda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy masalalarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish, bunda ayniqsa aholini tabiiy va suyultirilgan gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvi bilan uzluksiz taʼminlash, ko‘mir yetkazib berish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish, aniqlangan muammolar va fuqarolarning takliflaridan kelib chiqib mavsum davomida elektr energiyasi va tabiiy gaz resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish;
- shahar-tuman 3-sektorlarida joriy yilning 11 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar;
Fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, murojaatlarni ijobiy hal etish masalalari birma-bir ko‘rib chiqilib, har bir masala yuzasidan masʼul rahbarlarning hisobotlari tinglandi va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.