10 Dekabr 2022 yil 626

Bugun, 10 dekabr kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida videoselektor tartibida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Bunda tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari va hududiy ichki ishlar organlari masʼullari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda boshqarma boshlig‘ining 1-o‘rinbosari podpolkovnik Erkin Safarov tomonidan quyidagi masalalar:

Jumladan joriy yilning o‘tgan 11 oyi 10 kunida viloyatda sodir etilgan jinoyatlar, ularning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar hamda kelgusida jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan choralar;

-jinoyat ishlari bo‘yicha tergov harakatlarini sifatli olib borish va qisqa muddatlarda yakunlash;

-maʼmuriy ish materiallari bo‘yicha surishtiruv ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash va sud muhokamasiga yuborish;

-fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlar bo‘yicha tezkor texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlarini sifatli olib borib, ijobiy natijalarga erishish;

-ijtimoiy siyosiy vaziyat bo‘yicha shahar va tumanlar ichki ishlar organlarida tashkil etilgan hamkorlikdagi tezkor shtab faoliyati, mavjud muammolar va kelgusidagi vazifalar;

shuningdek, shaxsiy tarkib o‘rtasida ijro va xizmat intizomini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Muhokama yig‘ilishida har bir masala yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglanib, tanqidiy tahlil qilindi.

Yakunda hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, har bir sohaviy xizmatlar va hududiy ichki ishlar organlarida ijro va xizmat intizomini mustahkamlash borasidagi ishlarni yana-da kuchaytirish, bunda rahbar xodimlardan shaxsiy namuna ko‘rsatishlari talab qilindi.

Text to speech