27 May 2023 yil 300

Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov boshchiligida navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat darsi o‘tkazildi

Bugun, 27-may kunidagi maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Bolalar yurt kelajagi” mavzusiga bag‘ishlandi.

Mavzu yuzasidan Buxoro muhandislik texnologiyalari instituti o‘qituvchisi Gulandon Yusupova maʼlumot berdi.

Shuningdek, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida so‘z yuritilib, soha xodimlariga xizmat faoliyati davomida salbiy hamda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan zaruriy tushuntirishlar berildi.

Tadbirning tantanali qismida uzoq yillar davomida ichki ishlar tizimida samarali mehnat qilgan podpolkovnik Abdullo Kazakakovga minnatchidorlik bildirilib, nafaqaga kuzatildi.

Shu bilan birga, BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan aralash jang sanʼatlari bo‘yicha "Senturion FS Promotion" musobaqasi chempioni Buxoro viloyati IIB xodimi leytenant Jahongir Jumayevning onasiga ham boshqarma boshlig‘i tomonidan minnatdorlik bildirildi hamda yosh avlodni tarbiyalashda munosib hissa qo‘shib kelayotganligi uchun Buxoro viloyati IIB tasarrufidagi “Yulduzcha” Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori Shahlo Rahmonovaga IIVning esdalik qo‘l soati taqdim etildi.

Text to speech