16 Oktyabr 2024 yil 662

Buxoro shahar gаrnizonida jamoat hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish choralari kuchaytiriladi

Bugun, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov huzurida ish samaradorligini oshirish yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Muhokamada boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari ishtirok etdi.

Tanqidiy va tahliliy tarzda o‘tgan yig‘ilishda quyidagi masalalar:

Buxoro shahar hududida jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, kuch vositalarni to‘g‘ri taqsimlash hamda ularining ish samaradorligi oshirish borasida ishlab chiqilgan prezentatsiyaning taqdimoti;

  • 27-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va hududlardagi vakillik organlariga o‘tkaziladigan saylov tadbirlarida jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati va yong‘in xavfsizligini taʼminlash, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish;

  • ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan viloyatning turli hududlarida sodir bo‘layotgan jinoyat va huquqbuzarliklarni "fuqarobay", “mahallabay” hamda "sohabay" tartibda mahallalar, mehnat jamoalari hamda taʼlim muassasalarida keng muhokama qilish ishlarini samarali tashkillashtirish;

  • 9 oylik ish yakunlari bo‘yicha hududiy ichki ishlar organlari hamda sohaviy xizmatlarning shaxsiy tarkibi ishtirokida tanqidiy ruhdagi hisobot uchrashuvlarini o‘tkazish;

  • boshqa huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda jinoyatlarni issiq izidan fosh etish bo‘yicha tezkor tadbirlarni yana-da kuchaytirish;

  • qidiruvdagi shaxslarni aniqlab javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash;

  • viloyatning G‘ijduvon, Shofirkon hamda Vobkent tumanlari, shuningdek, barcha shahar-tumanlarning 3 sektorlariga qarashli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi sektor rahbarlarining ish samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Ko‘rib chiqilgan har-bir masala yuzasidan boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi

Text to speech