2 Iyun 2025 yil 1229

Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining ish natijalari misolida hududiy ichki ishlar organlari faoliyati tanqidiy tahlil qilindi

Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining ish natijalari misolida hududiy ichki ishlar organlari faoliyati tanqidiy tahlil qilindi

Bugun, 2 iyun kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida kengaytirilgan tarkibdagi haftanoma yig‘ilishi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasini xor bo‘lib ijro etishdan boshlangan videokonferensiya aloqa tizimi asosida o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyat studiyasidan Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining barcha o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari,  Buxoro shahrining 65 ta mahallasiga viloyat IIB dan biriktirilgan masʼul xodimlar, Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi shaxsiy tarkibi, hududiy studiyalardan shahar va tumanlar ichki ishlar organlarining to‘liq shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Dastlab, maʼnaviyat va maʼrifat darsi doirasida "Tizimni xalqchil tuzilmaga aylantirish yo‘lida" mavzusida maʼruza qilindi.

Shundan so‘ng, joriy yilning 22–29 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi tomonidan viloyatda o‘tkazilgan kompleks inspektorlik tekshiruvi davomida aniqlangan kamchiliklarning Buxoro shahar IIO va FMB tomonidan bartaraf etilganligi muhokamasi;

-joriy yilning 5 oyi mobaynida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlari tahlili;

-murojaatlar bilan ishlash, “E-material” elektron platformasiga kelib tushayotgan materiallarni kundalik nazorat qilish va qonuniy qaror qabul qilinishini taʼminlash;

-surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv hamda tergov harakatlarini sifatli o‘tkazish;

-tashabbus bilan aniqlanadigan jinoyatlar, ochilmagan jinoyatlarni issiq izidan fosh etish, qidiruvdagi shaxslarni ushlash, bedarak yo‘qolganlarni topish bo‘yicha tezkor tadbirlarning samaradorligi;

Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining alohida farmoyishiga asosan viloyat miqyosida joriy yilning 10 mayidan – 10 iyuniga qadar o‘tkazilayotgan “Nazorat” maxsus profilaktik tadbiri doirasida , muqaddam sudlangan, profilaktika hamda probatsiya nazoratida turgan shaxslar bilan amalga oshirilayotgan manzilli tadbirlarni yana-da jadallashtirish;

-1 may kunidan 30 iyun kuniga qadar o‘tkazilishi belgilangan “Qoradori-2025” tezkor profilaktik tadbirlari doirasida amalga oshirilgan tezkor profilaktik tadbirlar;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 801-sonli Qarori talablari asosida mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy profilaktik tadbirlarning bugungi kundagi holati;

Prezidentimizning "2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi 1-sonli Qarori asosida hududlarda amalga oshirilayotgan manzilli chora-tadbirlar;

-Migratsiyaga ketgan va qaytib kelgan shaxslar bilan "Yagona migrant" elektron maʼlumotlar bazasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar;

-"Dolzarb 90 kunlik" doirasida yoshlar hamda voyaga yetmaganlar bilan ishlash borasida oldimizda turgan dolzarb vazifalar;

-Ichki ishlar vazirining 2025 yil 3 aprel kunidagi 182 sonli buyrug‘i bilan hududiy ichki ishlar organlarining rahbar xodimlariga biriktirilgan og‘ir toifadagi yoshlar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar;

-“Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida” gi PF-143-sonli Farmon hamda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-330-sonli Qaroriga asosan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda hududiy ichki ishlar organlari rahbarlariga biriktirilgan kambag‘al oilalar bilan olib borilayotgan chora-tadbirlar;

Yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayiti hamda "Ipak va ziravorlar" xalqaro festivali tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davomida xavfsizlik choralarini taʼminlash masalalari birma-bir muhokama qilindi.

Shundan so‘ng boshqarma boshlig‘ining taklifi bilan joriy yilning 1 iyun kunidan 30 iyun kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida viloyatda bir qator maxsus, tezkor hamda profilaktik tadbirlarni o‘z ichiga olgan “Dolzarb bir oylik” eʼlon qilindi.

Yakunda, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat va ijro intizomini mustahkamlash, qonuniylikni taʼminlash yuzasidan ham topshiriq hamda ko‘rsatmalar berilib, xizmat faoliyati davomida bir qator qo‘pol xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan masʼular rahbar va xodimlarga nisatan intizomiy taʼsir choralarini qo‘llash bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.

Aksincha, o‘z xizmat vazifalariga sidqidildan yondashib hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar, pul mukofotlari, shuningdek, xizmat vazifasini bajarishi bilan bog‘liq vaziyatda o‘ziga taklif qilingan porani olmasdan belgilangan tartibda rahbariyatga maʼlum qilib, korrupsion jinoiy faoliyatga chek qo‘yishda faol yordam bergani uchun bir nafar xodimga qilingan rag‘bat tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech