Buxoro shahrida xonadonda sodir etilgan o‘g‘rilik jinoyati fosh etildi
Buxoro viloyati IIBning 102 avtomatlashtirilgan tizimiga kelib tushgan xabarga muvofiq, joriy yilning 10 may kunidan 11 may kuniga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs Buxoro shahar Bunyodkor mahallasida yashovchi fuqaroning xonadoniga kirib, bahosi 8.251.666 so‘mlik “Viktus” rusumli kompyuterini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda va tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Farg‘ona viloyatida yashovchi Sh.B. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlangan.
Hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu va boshqa turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda.