2 Noyabr 2023 yil 2003

Buxoro shahrida xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik hamda jinoyatlar sodir etilishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Yig‘ilishida Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov, shahar sektor rahbarlari, taalluqli tashkilot va idoralar masʼullari hamda mahalla vakillari ishtirok etishdi.

Bunda, Buxoro shahri hududida ayollar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar hamda jinoyatlarga birma-bir to‘xtalinib, ularning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar, masʼullar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar xususida tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida notinch oilalar muhitini sog‘lomlashtirish, ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish kerakligi borasida topshiriqlar berildi.

Text to speech