1 May 2025 yil 1154

Buxoro shahrida mavjud 65 ta mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi

Tanqidiy-tahliliy tarzda o‘tgan mazkur yig‘ilishda, viloyat Prokuraturasi hamda Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, tegishli korxona va tashkilotlar vakillari hamda 65 ta mahallalarda faoliyat olib borayotgan “yettilik” vakillari ishtirok etishdi.

Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi 1-sonli Qarori asosida Buxoro shahridagi mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar birma-bir tahlil qilinib, bu borada kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar yuzasidan topshiriqlar berildi.

Shu bilan birga, so‘nggi vaqtlarda mahallalarda sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, omil bo‘lgan shart sharoitlar tanqidiy muhokama qilinib, aholi muammolarini xonadonbay o‘rganish, murojaatlar bilan ishlash, ayniqsa ajrim yoqasiga kelib qolgan, sudlarda nizolashayotgan va boshqa muammoli oilalar bilan manzilli ishlash, oila turmush munosabatlari doirasidagi jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda har bir mutasaddi idoraning masʼullari o‘zlariga yuklangan vazifani lozim darajada bajarishi kerakligi taʼkidlanib, mahallalarda ishni to‘g‘ri tashkil etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, Buxoro viloyati IIB kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan "Kiberjinoyat va kibergigiyena" mavzusida maʼruza qilinib, bu turdagi jinoyatlarni oldini olish usullari borasida batafsil tushunchalar berildi.

Text to speech