3 May 2025 yil 920

Buxoro shahridagi "Kasbiy ko‘nikmalar Markazida" o‘tkazilgan viloyat hokimi boshchiligidagi masʼullarning ommaviy sayyor qabuli aholining muammolariga yechim bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinganidek, bugun Buxoro shahridagi "Kasbiy ko‘nikmalar Markazi" da viloyat hokimi boshchiligidagi masʼul rahbarlar tomonidan navbatdagi ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.

Bunda, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan 20 ga yaqin fuqarolarning sud-huquq hamda ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.

Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov harakatlari davomida vujudga kelayotgan muammolarni aniqlash, xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yib kelinayotgan tizimli kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar qo‘llanilib, asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratildi.

Qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olingan murojaatlar yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Boshqarma boshlig‘ining bu kabi sayyor qabullari tasdiqlangan grafik asosida davom ettiriladi.

Shaxsiy va sayyor qabullarning o‘tkazish kuni va joyi to‘g‘risida viloyat Ichki ishlar boshqarmasining rasmiy sahifalari orqali eʼlon qilib boriladi.

Text to speech