3 Avgust 2023 yil 622

Buxoro: “Qidiruv” tezkor profilaktik tadbirlari o‘z samarasini bermoqda

Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining hamkorlikdagi “Qidiruv” maxsus tezkor profilaktik tadbirlari davomida bir necha qidiruvdagi shaxslar ushlandi.

Bular:

Buxoro shahar: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun shahar IIO FMB tomonidan 2023-yil 19-iyul kunidan qidiruv eʼlon qilingan, shaharning Namozgoh ko‘chasida ro‘yxatda turuvchi 1989-yilda tug‘ilgan Sh.A. ismli shaxsning yashiringan manzili aniqlanib, ushlandi va O‘zbekiston Respublikasi IIV JIED 6-mintaqaviy hudud 4-son Tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

Buxoro shahar: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir qilganligi uchun Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan 2023-yil 7-iyul kunidan qidiruv eʼlon qilingan, Toshkent viloyati Yangi yo‘l shahar Navro‘z ko‘chasida ro‘yxatda turuvchi, 1977-yilda tug‘ilgan A.A. ismli shaxsning Toshkent shahar Chilonzor tumanida yashiringan manzili aniqlanib, qo‘lga olindi va O‘zbekiston Respublikasi IIV JIED 6-mintaqaviy hudud 4-son Tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

Buxoro shahar: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qism “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun Buxoro shahar IIO FMB tomonidan 2023-yil 19-iyul kunidan qidiruv eʼlon qilingan Buxoro shahar Alpomish ko‘chasida ro‘yxatda turuvchi, 1975-yilda tug‘ilgan Sh.A. ismli shaxsning  Buxoro shahar hududida yashiringan manzili aniqlanib, ushlandi va O‘zbekiston Respublikasi IIV JIED 6-mintaqaviy hudud 4-son Tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

Romitan tumani: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,v,g” bandlarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, sud organidan yashirinib yurgani uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Romitan tuman sudi tomonidan 2023-yil 12-iyun kunidan qidiruv eʼlon qilingan, Peshku tumani “Quchoq” mahallasida yashovchi, 2004-yilda tug‘ilgan M.M. ismli shaxsning Rossiya Federatsiyasi hududida ekanligi aniqlanib, O‘zbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilinishi ta’minlandi va O‘zbekiston Respublikasi IIV JIED 6-mintaqaviy hudud 4-son Tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

Jondor tumani: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilib, sud organidan yashiringanligi uchun, 2023-yil 25-may kunidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Jondor tumani sudi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan, Jondor tumani “Qazoqon” mahallasida ro‘yxatdan o‘tgan, 2006-yilda tug‘ilgan M.F. ismli shaxsning Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashiringan manzili aniqlanib, ushlandi va Surxondaryo viloyati IIBga qarashli Vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.

Qorako‘l tumani: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 4-qismi, 135-moddasi 3-qismi, 28 orqali 118-moddasi 4-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, tergov organlaridan yashiringanligi uchun Buxoro viloyati IIB tomonidan 2023-yil 3-iyul kunidan qidiruv eʼlon qilingan, Qorako‘l tumani “Eski Qalʼa” mahallasida yashovchi, 1996-yilda tug‘ilgan Q.Sh. ismli ayolning Buxoro shahar hududidagi yashiringan manzili aniqlanib ushlandi va tergov harakatlarini davom ettirish uchun viloyat IIB huzuridagi TBga topshirildi. 

Qorako‘l tumani: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 122-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, 2023-yil 15-iyun kunidan MIB Buxoro viloyat boshqarmasi qaroriga asosan qidiruv eʼlon qilingan, Qorako‘l tumani “Quyi Yangibozor” mahallasida ro‘yxatda turuvchi, 1986-yilda tug‘ilgan U.M. ismli shaxsning Buxoro shahar hududida yashiringan manzili aniqlanib, qo‘lga olindi va MIB Buxoro viloyat boshqarmasi surishtiruv bo‘limiga topshirildi.

Bu kabi tezkor profilaktik tadbirlar davom etmoqda.

Text to speech