Buxoro muhandislik texnologiya institutida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati boshchiligida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi
“Rahbar va yoshlar uchrashuvi”da Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Bahodirxo‘ja Sharipov, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Uktam Askarov, viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari Bobur Kamolov, Buxoro shahar IIO FMB boshlig‘i podpolkovnik Rustam Yusupov, taʼlim dargohi o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan yoshlarning jamiyat hayotidagi faol o‘rni, ularning taʼlim olishi va kasb-hunar egallashi uchun yaratilgan shart-sharoitlar va shu bilan birga ular tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarlik hamda jinoyatlar xususida so‘z yuritildi.
Uchrashuv davomida yoshlarining muammolar hamda takliflar o‘rganilib, o‘zaro muloqotda ular tomonidan ko‘tarilgan murojaatlar tinglandi.