Buxoro shahrida aholi muammolarini o‘rganib, ularga ijobiy yechim topish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ahvoli yuzasidan manzilli ishlar davom ettirilmoqda
Buxoro shahar IIO FMB boshlig‘i hamda shahar sektor rahbarlari tomonidan tegishli mutasaddilar ishtirokida Buxoro shahridagi mavjud dehqon bozorlari, savdo majmualari, aholi gavjum joylarda tashkil etilgan arzonlashtirilgan savdo yarmarkalarida narx-navoning barqarorligi, aholiga sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berilayotganligi o‘rganildi.
Masʼul rahbarlar “Ko‘kaldosh” va “Gulshan” mahallalarida aholi kayfiyatini o‘rganish barobarida, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida hududda tabiiy gaz, elektr energiyasi va issiqlik taʼminoti bilan bog‘liq muammolarni joyida o‘rganib, bartaraf etish yuzasidan «xonadonbay» tizim asosida targ‘ibot ishlari olib bordilar.
Shuningdek, ishchi guruh tomonidan aholi orasida sifatsiz dori-darmon vositalarining xaridi hamda dorixonalarda taqiqlangan mahsulotlar oldi-sotdisining oldini olish bo‘yicha ogohlantirishlar berildi.
Shu kuni sektor rahbarlari 1-son oilaviy poliklinikada ham bo‘lib, ushbu ijtimoiy obyekt faoliyati hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini yaqindan o‘rgandilar.
O‘rganishlar davomida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha manzilli chora tadbirlar olib borilib, nosoz quvurlarda taʼmirlash va Pridastgir ko‘chasi ichki yo‘llarini asfaltlashtirish uchun tayyorlash ishlari boshlab yuborildi.