Buxoro shahrida fohishaxona tashkil qilgan shofirkonlik ayol ushlandi
Shofirkon tumani "Bog‘iafzal" mahallasida doimiy ro‘yxatda turuvchi, vaqtincha Buxoro shahri "Nizomiy" mahallasidagi xonadonda yashab kelayotgan 1981-yilda tug‘ilgan T.D. ismli ayol o‘zi ijarada turgan xonadonda fohishaxona tashkil qilib, begona shaxslarning jinsiy aloqa qilishlari uchun muayyan sharoit yaratib kelib, buning evaziga moddiy manfaat ko‘rib kelgan.
Jumladan, 2023-yil yanvar oyi boshlarida M.U. ismli ayolning erkaklar bilan jinsiy aloqada bo‘lishi uchun har bir soatiga 50 ming so‘m miqdoridagi pullarni olib, “mijozlarga” uyni bo‘shatib, barcha shart sharoitlar yaratib berib, bu faoliyatdan daromad olib, fohishaxona tashkil etish va saqlash jinoyatini sodir qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.