2 Iyun 2022 yil 509

Buxoroda kriminogen vaziyati og‘ir, qizil toifaga kirgan mahallalarda keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda

Joriy yilning 31-may-1-iyun kunlari Buxoro shahar huquq tartibot organlari hamda jamoatchilik vakillaridan iborat maxsus yig‘ma otryad shaharning “qizil toifa”ga kirgan “O.Xo‘jayev” mahallasida “Xavfsiz hudud” maxsus tezkor profilaktik tadbirlarini amalga oshirdi.

Ushbu tadbirlarga jamoat tartibni saqlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida shahar IIO FMB dan 35 nafar masʼullar biriktirilgan bo‘lib, 45 ga yaqin boshqa huquq-tartibot idoralari xodimlari va jamoatchilik vakillari faol qatnashdi.

Tadbir oldi yo‘riqnomada yig‘ma otryadga jalb etilgan xodimlarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

O‘tkazilgan tadbirlarda 101 ta xonadon, 6 ta korxona tashkilot hamda 29 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish jami 136 ta obektlar o‘rganilib, bunda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Ko‘chalarda bemaqsad yurib, fuqarolarga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan, jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishga moyil 9 nafar shaxslar ichki ishlar organlari tayanch punktlariga olib kelinib, tezkor-profilaktik ishlovlar o‘tkazildi.

Ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turgan 13 nafar shaxslar bilan yakka tartibdagi profilaktik suhbatlar o‘tkazildi, 3 nafar ov quroliga ega bo‘lgan fuqarolarning ov qurolini saqlash, olib yurish va undan foydalanish qoidalariga amal qilishlari tekshirildi.

May oyida sodir etilgan 1 ta jinoyat sektor rahbari va jamoatchilik vakillari ishtirokida keng muhokama qilindi.

Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida mahallalarda, ko‘chalarda, korxona va tashkilotlarda 13 marotaba yig‘ilishlar o‘tkazildi.

Firibgarlik, o‘g‘irlik, yo‘l transport hodisalari, tan jarohati bilan bog‘liq jinoyatlarni barvaqt oldini olish bo‘yicha aholiga jami 640 ta bukletlar hamda hududiy profilaktika inspektorining tashrif qog‘ozlari tarqatildi.

O‘zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish borasida 20 ga yaqin velosiped hamda 25 ga yaqin savdo shoxobchalari egalaridan o‘z mulklarini qarovsiz qoldirmasliklari bo‘yicha tilxatlar olindi.

Milliy gvardiya Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda ko‘p qavatli uylar, savdo shahobchalari, noturar joy obyektlarini “qo‘riqlov pulti”ga ulash yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilib, 1 ta savdo obʼketi va 1 ta xonadon qo‘riqlov pultiga ulandi.

“Tig‘” tadbirida hududda bemaqsad yurgan 8 nafar voyaga yetmaganlar aniqlanib, ular bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Bunda, 2 ta jamoat joylarida spirtli ichimliklar isteʼmol qilish, 2 ta boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari aniqlanib, tegishli tartibda huquqbuzarlarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar va tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan 5 nafar fuqarolarga himoya orderlari rasmiylashtirildi.

Shu kuni 2 nafar shaxslar profilaktik hisobga olinib, 2 nafar sog‘liqni saqlash muassasalari hisobida turgan shaxslar tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi.

5 ta nizoli va janjalkash hamda 6 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar sharoiti o‘rganilib, 3 ta oilaning maishiy muammolari bartaraf etildi.

Probatsiya hisobida turgan 17 nafar nazorat ostidagi shaxslarning 8 nafari bilan yakka tartibdagi profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Yo‘l harakati xavfsizligi yo‘nalishi bo‘yicha 34 dona avtomobillar tekshirilib, shundan 15 nafar haydovchiga maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 30 ta avtomobil texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, 6 tasi texnik holati nososligi va qo‘pol qoidabuzarligi sababli vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yildi.

Reyd tadbirlari davomida jami 130 ta qoidabuzarlik holatlari aniqlanib, haydovchilarga nisbattan qonuniy choralar ko‘rildi.

Tadbir davomida sodir etilgan 5 ta yo‘l-transport hodisasi, 30 nafar fuqarolarning shikoyat va arizalari ko‘rib chiqildi, shulardan 6 nafar fuqarolarning ish hujjatlari jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudiga yuborildi.

Yo‘l nazorati sohasi bo‘yicha 2 dona yo‘l bergilari yangisiga almashtirilib, 200 metr joyga yo‘l chiziqlari chizildi.

Bu kabi keng qamrovli profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Text to speech