21 Fevral 2023 yil 559

Buxoro shahrida og‘ufurushlar faoliyatiga chek qo‘yildi

2023-yil 17-fevral kuni Buxoro shahar IIO FMB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Shofirkon tumani Talija qishlog‘ida yashovchi, 1970-yilda tug‘ilgan F.A. ismli shaxs Buxoro shahar “Karvon buyum bozori”ning avtomobillar to‘xtash joyida viloyat IIB Ekspert kriminalistika bo‘limining xulosasiga ko‘ra sof vazni 11,72 gramm “Marixuana” giyohvandlik vositasini 3 dona “Spichki” yozuvli gugurt qutilarda qonunga xilof ravishda saqlab kelib, uni boshqa bir shaxsga 1.800.000 so‘mga sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan F.A. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech