23 May 2023 yil 434

Buxoro shahrida subsidiya asosida uy olib berishni vaʼda qilib, ta'magirlik qilgan mas'ul xodim fosh etildi

Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining hamkorlikdagi tezkor tadbiri davomida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi bosh mutaxassisi B.O., Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi shoʻba mudiri R.J. bilan oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, fuqaro Z.A. ga Buxoro shahridan subsidiya asosida uy olib berish evaziga 600 AQSH dollari berishni ta'magirlik yo‘li bilan talab qilib, Buxoro shahar Alpomish ko‘chasida joylashgan “Umar Ibn Xattob” nomli masjid oldida ushbu pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25/168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi va 28/211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Text to speech