5 Dekabr 2022 yil 775

Buxoro shahrida tibbiyot bo‘limiga ishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan shaxs qo‘lga tushdi

Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari hamkorligida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida, Buxoro shahar Sheyxon ko‘chasida yashovchi, 1974-yilda tug‘ilgan T.D. ismli ayol o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish orqali tekin daromad orttirish maqsadida Qashqadaryo viloyati Yakkabog’ tumani "Kattabog‘‘" mahallasida yashovchi 1986-yilda tug‘ilgan boshqa bir fuqaroni aldab, o‘zining vakolatli tanishlari orqali jami 1000 AQSH dollari evaziga uni Buxoro viloyati Ftiziatriya va Pulmonologiya (Sil kasalliklari shifoxonasi) markaziga ishga joylashtirishni vaʼda qilib, evaziga oldindan kelishilgan pullarning bir qismi, ya’ni 300 AQSH dollari miqdoridagi kimyoviy ishlov berilgan pullarni olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan T.D. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech