1 Iyun 2023 yil 305

Buxoro shahrida o‘zganing avtomashinasini qasddan yoqib yuborgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Buxoro shahar IIO FMB tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, 2023 yilning 26 may kuni taxminan soat 23:30 larda noʼmalum shaxs o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilib, tekin boylik orttirish maqsadida Buxoro shahar Mustaqillik ko‘chasidagi “Qaxxorov” o‘quv markazi oldidan o‘tuvchi yo‘l yoqasida nosoz holda (old g‘ildiragi o‘qidan chiqib ketgan holatda) qarovsiz qoldirilgan Buxoro tumani “Gulshanobod” mahallasida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan O.A. ga tegishli bo‘lgan “Jiguli” rusumli avtomashinaning eshiklari ochiqligidan foydalanib, avtomashinaga kirib, uni bar qismidan pul yoki boshqa moddiy qimmatliklarni qidirib topa olmagach, dalillarni yo‘qotish va o‘zining jinoiy qilmishlarini yashirish maqsadida ushbu avtomashinaga qasddan o‘t qo‘yib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi hamda 173-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro shahar Alpomish ko‘chasida yashovchi, 2010 yilda tug‘ilgan voyaga yetmaganlar Q.S. va Buxoro shahar Alpomish ko‘chasida yashovchi, 2009 yilda tug‘ilgan R.Sh. lar oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib sodir etganliklari aniqlangan.

Hozirgi kunda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech