31 May 2023 yil 398

Buxoro shahrida valyuta qimmatliklarining qonunga xilof muomalasi bilan bog‘liq 2 ta holatda jinoiy faoliyat fosh etildi

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida Buxoro tumani “Bog‘idasht” mahallasida yashovchi 1982-yilda tug‘ilgan Ya.S. ismli shaxs Buxoro shahar I.Mo‘minov ko‘chasida joylashgan "Buxoro savdo majmuasi" oldida boshqa bir fuqaroga har bir AQSH dollarini 11.500 so‘mdan hisoblab, 200 AQSH dollarini 2.300.000 so‘mga ayirboshlagan vaqtida ushlangan.

Ikkinchi holatda aynan shu kuni va aynan shu joyda Buxoro shahar A.Jomiy ko‘chasida yashovchi 1978-yilda tug‘ilgan H.O. ismli shaxs qonunga xilof ravishda boshqa bir fuqarodan har bir AQSH dollarini 11.350 so‘mdan hisoblab, jami 200 AQSH dollarini 2.270.000 so‘mga sotib olayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur ikkala holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 177-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech