10 Mart 2023 yil 470

Buxoro shahrida valyuta qimmatliklarining qonunga xilof muomalasi bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi

Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan hamkorlikda joriy yilning 3 mart kuni taxminan soat 11:50 larda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro shahar I.Mo‘minov ko‘chasida joylashgan Buxoro savdo majmuasi oldida J.Sh. ismli shaxs qonunga xilof ravishda boshqa bir fuqarodan har bir AQSH dollarini 11.300 so‘mdan hisoblab, 300 AQSH dollarini 3.390.000 so‘mga sotib olgan vaqtida ushlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro J.Sh. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 177-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech