Buxoro shahridagi kriminogen vaziyati og‘ir, “qizil toifa”ga kirgan mahalla jinoyatchiligi keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi
Bugun, 30-may kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev hamda Buxoro shahar mutasaddi rahbarlari ishtirokida shaharning 4-sektoriga qarashli kriminogen vaziyati og‘ir “Furqat” mahallasida sodir etilgan jinoyatlarni qator masʼullar va faollar ishtirokida muhokama qildi.
Aytish joizki, mazkur mahallada joriy 2022-yilning bugungi kuniga qadar jami 3 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, bular 2 ta o‘g‘irlik va 1 ta boshqa turdagi jinoyatlar turkumiga kiradi.
Boshqarma boshlig‘i masʼullar ishtirokida o‘tkazgan muhokama jarayonida mahallada sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mahalla mutasaddilari va profilaktika inspektorining hisobotlarini tingladi.
Jinoyatlarning sabablari va ularning kelib chiqishiga sabablari hamda omilllarini birma-bir tahlil qildi.
Muhokamada mahallada jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida mahalla mutasaddilari, profilaktika inspektori, hududiy ichki ishlar bo‘limi va boshqa mutasaddi idoralar tomonidan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqildi.
Mahallada kelgusida og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarni oldini olish maqsadida, “fuqarobay”, “oilabay” va “xonadonbay” tizim, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlarni yana-da kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi.
Bundan tashqari bugungi kunda ko‘plab sodir etilayotgan yo‘l transport hodisalari, firibgarlik va fqybscf kiber jinoyatchilik xususida ham so‘z yuritilib, aholining huquqiy savodxonligi va haydovchilik madaniyatini oshirish, aholi o‘rtasida bu turdagi jinoyatlarga nisbatan murosasiz bo‘lish, ushbu turdagi jinoyatlar qurboniga aylanib qolmaslik yuzasidan ham batafsil tushuntirishlar berib o‘tildi.