4 Iyun 2022 yil 449

Buxoro tumanida qizil toifadagi “Gulshanobod” mahallasida “Xavfsiz hudud” maxsus tezkor profilaktika tadbiri o‘tkazildi

Tadbirlarda 20 nafar masʼul huquq-tartibot idoralari xodimlari va jamoatchilik vakillari faol qatnashdi.

Bunda, 108 ta xonadon, yeorxona, tasheilot va muassasalar, 10 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari jami 120 ta obyeyetlar o‘rganilib, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Firibgarlik, o‘g‘irlik, yo‘l transporti hodisalari, tan jarohati bilan bog‘liq oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni bartaraf etish uchun jami 258 ta buklet va 110 dan ortiq hududiy profilaktika inspektorining tashrif qog‘ozlari tarqatildi.

Ko‘chalarda bemaqsad yurib jamoat tartibi fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash maqsadida jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan 51 nafar shaxs ichki ishlar organlari tayanch punktlariga olib kelinib, ular bilan tezkor-profilaktik ishlovlar o‘tkazildi.

Profilaktik hisobda turgan 29 nafar shaxslarning 17 tasi bilan yakka tartibdagi profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

O‘zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog‘liq jinoyatlarni oldini olish borasida 18 nafar velosiped va 53 nafar chorva mol egalaridan o‘zlariga tegishli bo‘lgan mol-mulklarini qarovsiz qoldirmaslik bo‘yicha tilxatlar olindi.

Profilaktika inspeyetorlari tomonidan 3 nafar shaxs profilaktik hisobga olinib, 2 nafar sog‘liqni saqlash muassasalari hisobida turgan shaxslar joyida tekshirildi.

Mahalla hududida yashovchi 11 nafar ov quroliga ega shaxslarning ov qurolini saqlash, olib yurish va undan foydalanish qoidalariga amal qilishlari tekshirildi.

Mahallada savdo shahobchalari, noturar joy obyektlarini “qo‘riqlov pulti”ga ulash yuzasidan aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlari ham olib borildi.

Profilaktika isnpektorlari tomonidan bir kunda jami 11 ta, mayda bezorilik, jamoat joylarida spirtli ichimliklar isteʼmol qilish va boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari aniqlanib, maʼmuriy bayonnomalar tuzildi.

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan 1 nafar fuqaroga “Himoya orderi” berildi.

Mahalla raisi, xotin-qizlar faoli, hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda 11 ta nizoli va janjalkash oila, 9 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar o‘rganilib, shundan 13 tasining maishiy muammolari bartaraf etildi.

Yo‘l harakati xavfsizligi yo‘nalishi bo‘yicha olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida jami 28 ta qoidabuzarliklar aniqlanib, shundan, 10 ta haydovchiga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Jami 20 ta avtomashina qarzdorligi bo‘yicha jarima maydonchalariga joylashtirilib, ularning qarzdorliyelarini undirish choralari ko‘rildi.

Tuman IIB Probatsiya guruhi hisobida turgan 4 nafar nazorat ostidagi shaxslar bilan yakka tartibdagi profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Tumanning qolgan mahallalarida ham bosqichma bosqich yig‘ma otryad faoliyati davom ettiriladi.

Text to speech