Buxoro tumanida sodir bo‘lgan o‘g‘irlik issiq izida fosh etildi
2023 yil 1 aprel kuni nomaʼlum shaxs Buxoro tuman “Begjo‘gi” qishlog‘ida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan M.R. ning yashash uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, u yerdan bir dona bahosi 2.200.000 so‘mlik “Janome” rusumli tikuv mashinasi, har birining bahosi 1.500.000 so‘m bo‘lgan ikki dona “Artel” rusumli televizor, bir dona bahosi 100.000 so‘mlik qozon, har birining bahosi 100.000 so‘mni tashkil qiluvchi ikki dona shisha idish to‘plami, birining bahosi 50.000 so‘mlik va yana birining bahosi 200.000 so‘mlik devorga ilinadigan soat, bahosi 100.000 so‘mlik ayollar atirini o‘g‘irlab, jabrlanuvchiga jami 5.850.000 so‘m moddiy zarar yetkazib, voqea joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan zudlik bilan tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Kogon tumani “Sarayon” mahallasida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan Yu.F. sodir qilganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.