29 May 2023 yil 271

Buxoro tumanidagi fermer xo‘jaliklaridan birida sodir etilgan o‘g‘irlik fosh etildi

Buxoro tumani IIB tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, 2021-yil 16-martdan 17-martga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Buxoro tumani “Rabotiqalmoq” mahallasi Cho‘lquvar massivi hududida joylashgan “Norqul Shaxrizamon” fermer xo‘jaligida yerlarni sug‘orish uchun o‘rnatilgan bir dona bahosi 2.500.000 so‘mlik suv nasosi elektr dvigatelini yashirin ravishda o‘g‘irlab, jabrlanuvchiga moddiy zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro tumani IIB TB tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Vobkent tumani “Xalach” mahallasida yashovchi, 1999-yilda tug‘ilgan K.O. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlanib, qo‘lga olingan.

Hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech