Buxoro tumaning “qizil” toifaga kiritilgan “Gulshanobod” mahallasi jinoyatdan holi “yashil” hududga aylanmoqda
Viloyat IIB tomonidan tashkil etilgan yig‘ma otryad tomonidan Buxoro tumanining “Qizil” toifaga kiritilgan “Gulshanobod” mahallasida jamoat tartibni saqlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida “Xavfsiz hudud” maxsus tezkor profilaktik tadbirlari o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tadbirlar davomida "Gulshanobod" mahallasi hududida mavjud 60 ta savdo do‘konlari va boshqa savdo obyektlari egalari bilan kameralashtirish, savdo do‘konlarida pul mablag‘larini saqlamaslik, noqonuniy mahsulotlar savdosi bilan shug‘ullanmaslik, savdo do‘konlari eshik derazalariga temir panjara o‘rnatish va boshqa masalalar yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilib, targ‘ibot bukletlari, profilaktika inspektori tashrif qog‘ozlari tarqatildi.
"Gulshanobod" mahallasi hududida istiqomat qiluvchi jami 22 ta nizoli oila, nizoli kuni qo‘shni va ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalariga kirib, mazkur oilalardagi nizo va ajrim sabablari o‘rganilib, ular bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, sog‘liqni saqlash muassasasi hisobida turgan 5 nafar spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan va 13 nafar ruhiy kasallarni xonadoniga tibbiyot xodimlari bilan borilib, ularni sog‘lig‘idan xabar olindi.
Firibgarlik va o‘g‘irlik jinoyatlari oldini olish maqsadida qassobchilik, mol tashuvchilik va mol olib sotish bilan shug‘ullanuvchi 12 nafar shaxslar bilan, shu bilan birga shu hududda istiqomat qiluvchi muqaddam sudlangan 24 nafar shaxslar bilan qayta jinoyat sodir etilishini oldini olish maqsadida profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Hududdagi 28,29,30,31-sonli umum taʼlim maktablarida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida yuqori sinf o‘quvchilari bilan “Davomat” va “Tig‘” tadbirlari o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tuman xalq taʼlimi bo‘limiga taqdimnoma kiritildi.
Bundan tashqari, "Gulshanobod" mahallasi hududidagi “Aminoobod”, “O‘rtarabod”, “Chorabod”, “Chaydari”, “Laylak”, “Losha” qishloqlari hamda “Foshin”, “Bekjo‘gi”, “Jonbobo” aholi punktlarida qurilgan namunaviy uy joylardagi xonadonlar bo‘yicha jami 8 ta targ‘ibot guruhlari tashkil etilib, 1500 dan ortiq aholi xonadonlarida o‘g‘irlik va firibgarlik jinoyatlarini oldini olish yuzasidan targ‘ibot tashviqot ishlari olib borilib, jami 1500 dan ortiq bukletlari va profilaktika inspektori tashrif qog‘ozlari tarqatildi.
Mahalla hududida yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida jami 49 nafar qoidabuzar haydovchilarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, 25 ta avtomashina qarzdorligi bo‘yicha jarima maydonchasiga joylashtirildi.