Buxoro tumanining 3-sektoriga qarashli mahallalar “yettilik” vakillari bilan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Uchrashuvda Ichki ishlar boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati filiali masʼullari, tuman sektor rahbarlari hamda mahallalar “yettilik” vakillari ishtirok yetishdi.
Bunda, davlatimiz rahbarining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yana-da takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorlarida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan tushunchalar berildi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 23-avgustdagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risida” gi Qarori bilan tasdiqlangan Nizom hamda boshqa quyi normativ hujjatlar talablari bo‘yicha maʼlumotlar taqdim etildi.
O‘quv mashg‘uloti davomida sektor rahbarlari faoliyati samaradorligini baholash tartibiga kiritilgan o‘zgarishlar va ijtimoiy profilaktika yo‘nalishida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.