22 Fevral 2023 yil 526

Buxoro: Vazir o‘rinbosari harbiy qism va viloyat Transportda jamoat tartibini saqlash boshqarmasi faoliyatini o‘rgandi

Respublika idoralararo ishchi guruhi tarkibida Buxoro viloyatida xizmat safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Bahodir Mirzaraximov Buxoro xalqaro Аeroportida xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha harbiy qismda bo‘lib, harbiy xizmatchilarning jangovar-ruhiy holati va shaxsiy tarkib uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Bunda, harbiy xizmatchilarning xizmat o‘tashi hamda dam olishi uchun yaratilgan sharoitlar, harbiy qism yotoqxonasi va oshxonasida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinishi ko‘zdan kechirilib, masʼul shaxslarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Vazir o‘rinbosari 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlili bilan tanishib, xizmat intizomini mustahkamlash va qonuniylikka amal qilish yuzasidan alohida yo‘riqnoma o‘tkazdi.

Shuningdek, Buxoro viloyati Transportda jamoat tartibini saqlash boshqarmasi faoliyati ham o‘rganildi.

Text to speech