Buxoro: Viloyat Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
Joriy yilning 8-noyabr kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va davlat idoralari mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh a’zolari ishtirokida navbatdagi muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Bunda, viloyatdagi mahallalarda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni tizimli hal qilish, fuqarolarning turmush darajasini yaxshilash, hududlarni rivojlantirish, mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish, “Jamoat xavfsizligi konsepsiyasi” ijrosini amalda ta’minlash, xavfsizlikka tahdidlarni bartaraf etish bo‘yicha “ishchi guruh” tomonidan joriy yilning 10 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda, aholini qiynab kelayotgan (gaz, elektr toki, suv, yo‘l va boshqa) muammolar birma bir o‘rtaga tashlanib, ularning yechimi bo‘yicha kommunal idoralarning hisobotlari tinglandi va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora tadbirlar rejasi muhokama qilinib, ularni ijobiy hal qilish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, viloyat axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish boshqarmasining mas’ul xodimlari tomonidan “Jamoat xavfsizligi konsepsiyasi”da belgilangan vazifalar doirasida ichki ishlar organlarining 5 ta situatsion markazlarini o‘zaro integratsiya qilish, viloyat IIBda jamoat xavfsizligini ta’minlash uchun kuch-vositalarni boshqarishning yagona tizimini yaratish hamda jamoat joylarida o‘rnatilgan videokuzatuv moslamalarini to‘liq taftishdan o‘tkazib, ularni optik tola orqali bosqichma-bosqich ichki ishlar organlariga integratsiya qilish choralarini ko‘rish masalasi bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.