11 Iyun 2022 yil 514

Buxoro viloyat IIB boshlig‘i 3-sektorga qarashli G‘ijduvon tumanida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivi va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan tanishdi

Mamlakatimizda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush darajasida sezilarli ijobiy oʻzgarishlarga erishish boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda hududlarni sektorlar kesimida boshqarish tizimining joriy etilganligi xalq bilan manzilli muloqotning yoʻlga qoʻyilishida muhim ahamiyat kasb etdi.

Bu borada, aholini ayniqsa, tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa sifatida belgilangan bo‘lib, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va yurt farovonligini taʼminlashda ularning beqiyos hissasi yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Shu o‘rinda bugun, 11-iyun kuni viloyat 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev sektorga qarashli G‘ijduvon tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida mas’ullar hamrohligida tumanda bo‘ldi.

3-sektor rahbari Shuxrat Aliyev, viloyat hokimining o'rinbosari Narzullo Hamdamov, tuman hokimi Sherzod Ashurov va boshqa mutasaddilar bilan birgalikda hududning turli soha va yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari, yangi biznes loyiha va rejalar ustida izlanayotgan tashabbuskor tadbirkorlar faoliyatini joyiga chiqib o‘rgandi.

Xususan, “Baraka” mahallasida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari ham ko‘zdan kechirildi. Bunda, mavjud muammolar o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Ma’lumot o‘rnida: “Baraka” mahallasi Quchchi massivining 35 gektar yer maydonida jami 24 ta 5 qavatli, har biri 20 xonadondan iborat bo‘lgan 480 xonadonga mo‘ljallangan zamonaviy ko‘p qavatli uylar barpo etilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, hududda aholiga zarur sharoit va keng qulaylik yaratish maqsadida umumta’lim maktabi, maktabgacha ta’lim tashkiloti, mahalla markazi, savdo va ko‘ngilochar maskan, umumiy ovqatlanish shoxobchasi, choyxona, “Coworking” markazi, oilaviy poliklinika, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, istirohat bog‘i, mehmonxona, sport va sog‘lomlashtirish maskani, minimarket va sun’iy ko‘l barpo etiladi.

Hududda jami 135 ta joylashtirilishi rejalashtirilayotgan umumiy qiymati 480. mln AQSH dollari qiymatidagi loyihalar amalga oshirilayotgan bo‘lib, kelgusida 8200 nafar ish o‘rni yaratiladi.

Shu bilan birga, ushbu mahalla hudududida logistika, tekstil va to‘qimachilik, oziq-ovqat, neft-kimyo, charm, mashinasozlik, farmatsevtika, ipakchilik, qurilish materiallari, elektrotexnika kabi boshqa turdagi sanoat sohalari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

O‘rganish davomida aniqlangan muammolarni hal etish, ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga manzilli topshiriqlar berildi.

Text to speech