4 Iyul 2022 yil 478

Buxoro viloyati 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shuxrat Aliyev mahalla raislari bilan seminar-trening o‘tkazdi

Buxoro viloyat 3-sektor rahbari, Ichik ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev va qator masʼullar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasining tegishli ko‘rsatmasiga asosan Buxoro davlat Universitetida yangi saylangan mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari bilan ochiq seminar-trening o‘tkazildi.

Mazkur seminarda Buxoro shahar, Peshku, Kogon va Buxoro tumanlarining barcha mahalla raislari ishtirok etib, bunda asosiy urg‘u mamlakatimizda bugungi kunda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy islohotlarning mazmun-mohiyati, ayniqsa, mahalla raislarining yurtimizda mahalla institutini rivojlantirish, “mahallabay” ishlash tizimini yana-da jadallashtirish, aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning mavjud muammolarini mahallada hal etishda sektor rahbarlari bilan uzviy hamkorlikdagi ustuvor vazifalarga qaratildi.

Ochiq va konstruktiv muloqot bahs va munozaralarga boy bo‘lib, jarayonda mahalla tizimining tashkiliy-huquqiy asoslari, raislarning asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, mahalladagi beshlik yaʼni rais, profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi shuningdek, davlatimiz rahbarining 2021-yil 29-noyabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 27-sonli Farmoni asosida mahallaga biriktirilgan 10 ta vazirlik va idoralar masʼullari hamda sektor rahbarlarining hamkorligiga doir tashkiliy va amaliy masalalar yuzasidan ish olib borish tartibi batafsil tushuntirildi.

Maʼlumot o‘rnida: ushbu seminar-treninglar joriy yilning 27-iyundan  13-avgust kuniga qadar viloyatning jami 544 ta mahalla raislari ishtirokida bosqichma-bosqich o‘tkazilishi belgilangan.

Text to speech