29 Oktyabr 2022 yil 737

Buxoro viloyati 3-sektor rahbarining navbatdagi sayyor qabuli Peshku tumanida o‘tkazildi

Buxoro viloyati 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyevning navbatdagi sayyor qabuli, bugun 29-oktyabr kuni Peshku tumani “O‘zbek” mahallasi aholisi bilan o‘tkazildi.

Sayyor qabulda viloyat va tuman 3-sektor ishchi guruhi aʼzolari, boshqa taalluqli idoralar masʼullari ishtirok etdilar.

Qabulda ko‘tarilgan fuqarolarning turli ijtimoiy iqtisodiy masalalar bo‘yicha murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.

Murojaatlarning aksariyati joyida bartaraf etilib, hududda “sohabay”, “mahallabay” va “fuqarobay” ish samaradorligini oshirish, aniqlangan ijtimoiy masalalarni bartaraf etish yuzasidan sektor rahbarlari va tegishli idoralar masʼullariga topshiriqlar berildi.

Ish yurituviga olingan, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olinib, mutasaddilarga har bir yo‘nalish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech